18/11/2022

Joriy yilning 17- noyabr kuni Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy-joylarning tanlama kuzatuvlari o‘tkazildi. Kuzatuvlarda viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Sh. Tayloqov va investitsiya va qurilish bo‘limi xodimlari ishtirok etishdi.
Tanlama kuzatuvidan maqsad, ishga tushirilgan yakka tartibdagi uy-joylar umumiy qurilish osti maydonining 1kv/m qiymatini hisoblash uchun zarur bo‘lgan moddiy va mehnat resurslari miqdori haqidagi ma’lumotlarni olishdan iboratdir. O‘z navbatida ushbu kuzatuv natijalari asosida haqqoniy statistik ma’lumotlar shakllantiriladi.
Viloyat mas’ullari tomonidan hududlarda kuzatuvlarni o‘tkazuvchi xodimlarga ishni o‘z vaqtida va sifatli tashkil etish bo‘yicha yo‘l-yo‘riq va tavsiyalar berildi.

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech