Respublikamizda 2022- yil yanvar-oktabr oylarida yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 76 876 tani tashkil etgan bo‘lib, ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlandi:
savdoda – 29 168 ta
sanoatda – 13 841 ta
qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 10 670 ta
yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda – 4 947 ta
qurilishda – 4 022 ta
tashish va saqlashda – 2 785 ta
axborot va aloqada – 2 156 ta
sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda – 1 292 ta
boshqa sohalarda – 7 995 tani tashkil etgan