2022- yilning 1- noyabr holatiga respublikamizda jami 46 234 ta qurilish korxonalari faoliyat ko‘rsatib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 975 taga ko‘paygan. Bundan tashqari shu yilning yanvar-oktabr oylarida 4 025 ta yangi qurilish korxonalari tashkil etildi.
Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan qurilish korxonalar soni quyidagicha joylashdi:
Toshkent shahri – 9 501 ta
Toshkent viloyati – 4 051 ta
Farg‘ona viloyati – 3 858 ta
Samarqand viloyati – 3 498 ta
Qashqadaryo viloyati – 3 424 ta
Andijon viloyati – 3 354 ta
Buxoro viloyati – 2 966 ta
Surxondaryo viloyati – 2 990 ta
Qoraqalpog‘iston Resp. – 2 503 ta
Namangan viloyati – 2 423 ta
Jizzax viloyati – 2 161 ta
Xorazm viloyati – 2 135 ta
Navoiy viloyati – 1 780 ta
Sirdaryo viloyati – 1 636 ta