2022- yilning yanvar-sentabr oylarida Oʻzbekiston xorijiy davlatlarga qiymati 17,6 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 13,4 ming tonna yeryongʻoq eksport qilgan.
Yeryongʻoq eksporti oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 8,6 ming tonnaga kamaygan.
Oʻzbekiston 2022-yilning 9 oyida eng koʻp yeryongʻoq eksport qilgan davlatlar:
Rossiya – 4,4 ming tonna
Qozogʻiston – 2,6 ming tonna
Ozarbayjon – 1,8 ming tonna
Xitoy – 735 tonna
Turkmaniston – 712 tonna
Afgʻoniston – 637 tonna
Pokiston – 465 tonna
Makedoniya – 287 tonna