07/11/2022

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston Respublikasida norasmiy sektorda qurilish ishlarining ulushi 19,2 foizni yoki 18097,2 milliard so‘mni tashkil etib, 2021- yilning yanvar-sentabriga nisbatan o‘sish sur’ati 111,0 foizga yetdi. Shundan 13355,6 mlrd. so‘mi yakka tartibdagi uy-joy qurilishiga to‘g‘ri kelib, 2021- yilning yanvar-sentabriga nisbatan o‘sish sur’ati 115,8 foizni, jismoniy shaxslar tomonidan noturar-joylar qurilishi 2575,6 mlrd so‘mni va o‘sish sur’ati esa 97,1 foizni, 2166,0 mlrd.so‘mlik yakka tartibda turar-joylarni ta’mirlash ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 101,8 foizni tashkil etdi.

dsztbuj3l2n1seqzm1nh

Tugmani bosing Tinglash GSpeech