04/11/2022

2022- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, YAIM o‘sishi 5,8 % ga yetdi. Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi YAIM umumiy hajmining 92,3 % ini tashkil etdi va 5,9 % ga o‘sdi. Mahsulotlarga sof soliqlarning YAIM tarkibidagi ulushi 7,7 % ni tashkil etdi va 2021- yilning yanvar-sentabr oylari bilan taqqoslaganda 4,1 % ga o‘sdi.

Faoliyat turlari bo‘yicha qo‘shilgan qiymatning o‘sishi quyidagicha bo‘ldi:

– qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 3,6 %;

– sanoatda – 5,3 %;

– qurilishda – 6,3 %;

– xizmatlar sohasida – 7,9 %.

a7b25aba2a63b7262e515d453b2ca278

Tugmani bosing Tinglash GSpeech