2022- yilning yanvar-sentabr oylarida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 56,9 % i to‘g‘ri kelib, 2021- yil ko‘rsatkichiga nisbatan 4,8 % punktga ko‘paydi.
Shuningdek, ular hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari hajmi 2021- yilga nisbatan 109,6 % ni tashkil etgan holda 3130,5 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi.