2022- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, savdo tarmog‘ining O‘zbekiston Respublikasi YAIMdagi ulushi 6,8 % ni tashkil etdi.
2022- yilning yanvar-sentabr oylarida savdo tarmog‘ining yalpi qo‘shilgan qiymati tarkibida eng katta ulush chakana savdo (avtotransport vositalari savdosidan tashqari)ga to‘g‘ri keldi va 66,0 % ni tashkil etdi.
Ulgurji savdo (avtotransport vositalari savdosidan tashqari)ning ulushi 27,5 % ni, avtotransport vositalarining ulgurji va chakana savdosi hamda ularni ta’mirlashning ulushi 6,5 % ni tashkil qildi.