2022- yilning yanvar-sentabr oylarida tijorat bank kreditlari va boshqa tashkilotlarning qarz mablag`lari hisobidan 18,6 trln. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib, 2021- yilning mos davriga nisbatan 130,2 % ni tashkil etdi.
Respublika bo‘yicha asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan jami investitsiyalardagi tijorat bank kreditlari va boshqa tashkilotlarning qarz mablag‘lari hisobidan o‘zlashtirilgan investitsiyalarning ulushi 2021- yilning mos davridagi ko‘rsatkichga nisbatan 1,9 % punktga ko‘payib, 9,8 % ni tashkil etdi.