Joriy yilning 2- noyabr kuni Davlat statistika qoʻmitasida Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi boshlig‘i Yuldoshev Zoyir Toshkanovichning 2022- yil 26–28- oktabr kunlari Shveytsariyaning Jeneva shahrida BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi tomonidan tashkil etilgan migratsiya statistikasi bo‘yicha ekspertlar guruhi yig‘ilishidagi ishtiroki natijalari yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.
Taqdimot jarayonida Zoyir Yuldoshev mamlakatlarning migratsiya statistikasini yuritish, maʼmuriy maʼlumotlardan foydalanish, innovatsion amaliyotlar, kuzatilayotgan muammolar va ularning yechimini o‘rganish boʻyicha ma’lumotlar berdi.
Taqdimotchi seminar jarayonida o‘rgangan bilim va ko‘nikmalari, migratsiya statistikasi sohasidagi so‘nggi yangiliklar, migratsiya statistikasi ma’lumotlarini qayta ishlashning yangi usullari boʻyicha o‘zlashtirgan tajribalari haqida batafsil ma’lumot berdi.
Taqdimotchi ishtirokchilarning mavzu yuzasidan qiziqtirgan savollariga batafsil javob berdi.
Matbuot xizmati