2022- yilning yanvar-sentabr oylarida sanoat tarmog‘ining O‘zbekiston Respublikasi YAIMdagi ulushi 28,0 % ni tashkil etdi.Kuzatilayotgan davrda tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash tarmog‘ining jami sanoat tarmog‘i bo‘yicha yaratilgan qo‘shilgan qiymat tarkibidagi ulushi 2021- yilning yanvar- sentabr oylaridagi 15,1 % ga nisbatan 15,8 % gacha oshdi, ishlab chiqaradigan (qayta ishlash) sanoat ulushi esa 76,8 % ni tashkil etdi (2021- yilning yanvar-sentabr oylarida – 77,6 %).