26/10/2022

Joriy yilning 26- oktabr kuni Davlat statistika qoʻmitasida Mehnat resurslari balansi, bandlik va mehnatga haq to‘lash ko‘rsatkichlarini shakllantirish bo‘limi boshlig‘i Tashmuxamedov Umid Egamberdiyevichning 2022- yilning 18–20- oktabr kunlari Seul shahrida Xalqaro mehnat tashkiloti hamda Koreya statistika idorasi tomonidan tashkil etilgan 8-Xalqaro mehnat migratsiyasi bo‘yicha seminardagi ishtiroki natijalari yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.

1-7j1a3133

Taqdimotchi yig‘ilganlarni seminardan olingan bilimlar, xalqaro mehnat migratsiyasi statistikasi sohasidagi so‘nggi yangiliklar, xalqaro mehnat migratsiyasi ma’lumotlarini qayta ishlashning yangi usullari boʻyicha o‘zlashtirgan tajribalari bilan tanishtirdi.

2-7j1a3135

Shuningdek, taqdimot jarayonida Xalqaro mehnat migratsiyasi statistikasi bo‘yicha ko‘rsatmalar va migrantlarni yollash xarajatlarini baholash o‘lchovlari, Birlashgan Millatlar Tashkilotining xalqaro migratsiya bo‘yicha ma’lumotlar bazasi tahlili boʻyicha ma’lumotlar berildi.

3-7j1a31424-7j1a3145

Taqdimotchi yig‘ilganlarning qiziqtirgan savollariga batafsil javob berdi.

5-7j1a3152

Matbuot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech