26/10/2022

2022- yilning 26- oktabr kuni Davlat statistika qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” DM xodimlari hamda BMT taraqqiyot dasturi masʼul vakili bilan hamkorlikda “Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish maqsadlari” mavzusida oʻquv-seminar tashkil etildi.

7j1a3191

Tadbir doirasida, Orolboʻyi mintaqasida ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning holatini baholash koʻrsatkichlarini ishlab chiqish va ushbu koʻrsatkichlar boʻyicha idoralararo axborot almashuv tizimini joriy etish, mazkur tizimni avtomatlashtirish va maʼlumotlar elektron bazasini ishlab chiqish masalalari oʻrganib chiqildi.

7j1a3194

Shuningdek, Orolboʻyi hududlar faoliyatini ochiqligini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining Ochiq maʼlumotlar portalida qoʻshimcha “Orolboʻyi mintaqasi” boʻlimini yaratilishi, unda hudud maʼlumotlarini joylashtirish, statistika maʼlumotlarini chiqarish hamda maʼlumotlarni alohida yaratilgan veb-servis orqali koʻchirib olish, maʼlumotlarning tuzilmasini yaratish, maʼlumotlarni yuklash va kategoriyalarga ajratish imkoniyati yaratish, Ochiq maʼlumotlar portalining funksional imkoniyatlariga kiritilishi lozim boʻlgan oʻzgartirishlar va hokazolar toʻgʻrisida kelishib olindi.

7j1a3198

Bundan tashqari, Ochiq maʼlumotlar portalida joriy etilgan qoʻshimcha imkoniyatlardan foydalanish yuzasidan mutaxassislar uchun oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazilib, maʼlumotlarni kiritish va yangilab borish boʻyicha bilim va koʻnikmalari oshirildi.

7j1a3206

Tugmani bosing Tinglash GSpeech