21/10/2022

21- oktabr – yurtimizda O‘zbek tili bayrami kuni sifatida keng nishonlanadi. Davlat statistika qo‘mitasida ham O‘zbek tili bayrami munosabati bilan madaniy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

Mazkur madaniy-ma'rifiy uchrashuvga Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi ko‘magida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universitetining dosenti, filologiya fanlari nomzodi Muzaffar Ortiqov taklif etildi.

7j1a2840

Tadbirda mehmon ishtirokchilarni O‘zbek tili bayrami kuni bilan samimiy tabriklab, o‘zbek tilining boy tarixi, xususan, Mahmud Qoshg`ariy, Alisher Navoiy, Zahriddin Muhammad Bobur, Abdulla Qodiriy, Mahmudxoʻja Behbudiy, Abdulla Avloniy kabi buyuk bobokalonlarimizning ona tilimiz rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida so‘z yuritdi.

Shuningdek, o‘zbek tiliga o‘tmishda bo‘lgan to‘siqlar hamda bugungi kunda berilayotgan yuksak e'tibor xususida batafsil to‘xtalib o‘tildi.

7j1a28507j1a2856

Davlat statistika qo‘mitasi Raisining ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Qiyomiddin Ahmedov qo‘mitada o‘zbek tilida ish yuritish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, davlat tilida ish yuritish, qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan fikr-mulohaza bildirdi. Shuningdek, statistik press-reliz, doklad va boshqa hujjatlarning o‘zbek adabiy tili me’yorlariga rioya etilishi bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdi.

Uchrashuv so‘nggida Muzaffar Ortiqov til, ko‘ngil, mehr-muhabbat haqida yozilgan ijod namunalaridan o‘qib berib, ishtirokchilar qalbiga zavq-shavq ulashdi.

 

Matbuot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech