2022- yil yanvar-avgust oylari yakunlariga ko‘ra, avtotransport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash va mototsikllarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar hajmi 2 515,6 mlrd. so‘mni tashkil etdi.
Eng muhimi, ushbu xizmat turi Toshkent shahrida talabga ega. Avtotransport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash va mototsikllarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar umumiy hajmida ushbu hududning ulushi 17,4 %ni (436,3 mlrd. so‘m) tashkil etdi. Shu bilan birga, Toshkent shahri (376,4 mlrd. so‘m yoki ushbu xizmatlar umumiy hajmining 15,0 %) va Farg‘ona (292,7 mlrd so‘m yoki 11,6 %) viloyatlarida ham ko‘rsatkich ancha yuqori.
Eng kam hajm Sirdaryo viloyatida qayd etildi – 42,1 mlrd. soʻm (avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish, taʼmirlash va mototsikllarni taʼmirlash boʻyicha xizmatlar umumiy hajmining 1,7 %).
Hududlar boʻyicha avtotransport vositalariga texnik xizmat koʻrsatish, taʼmirlash va mototsikllarni taʼmirlash boʻyicha xizmatlar hajmi, mlrd. soʻm:
O‘zbekiston Respublikasi – 2 515,6
Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 91,5
Andijon – 237,2
Buxoro – 141,5
Jizzax – 79,3
Qashqadaryo - 126,4
Navoiy - 113,9
Namangan – 111,1
Samarqand - 248,8
Surxondaryo – 105,6
Sirdaryo – 42,1
Toshkent - 376,4
Farg‘ona – 292,7
Xorazm - 112,8
Toshkent shahri - 436,3