07/10/2022

“2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” da yoshlarning hayoti va sog‘lig‘ini saqlash, ular uchun malakali tibbiy xizmatdan foydalanish shart-sharoitlarini yaxshilash, yoshlar o‘rtasida tibbiy savodxonlikni oshirish va sog‘lom turmush tarzini mustahkamlash bo‘yicha kelgusi 5 yillikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan bir qator vazifalar o‘z aksini topdi.

Shuningdek, o‘tgan yillar davomida yoshlarda sog‘lom turmush tarziga intilishni shakllantirish, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va yoshlar sportini ommaviy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, yoshlarning tibbiy savodxonligini oshirish bo‘yicha bir qator qaror va farmonlar qabul qilindi.

432634rgfd432

“Yoshlar bilan” loyihasining navbatdagi sonida mazkur yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar samaradorligi, qabul qilingan hujjatlar ijrosi sohani yanada takomillashtirish borasida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan tadbirlar va ularning mexanizmlari muhokama qilindi.

Tadbirda OʼzLiDePning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengashlardagi deputatlari, vazirlik va idoralar vakillari, partiya faollari, Yoshlar parlamenti a’zolari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasidan Raisning yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi, yoshlar yetakchisi A.Eshboyev onlayn muloqotda ishtirok etib, soha bo‘yicha ishtirokchilarni qiziqtirgan statistik ma’lumotlar bilan bo‘lishdi.

432634rgfd

Tadbirda Prezidentimizning “2019-2025 yillarda O’zbekiston Respublikasi aholisining ruhiy salomatligini muhofaza qilish xizmatini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi hamda “O’zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonlari bilan belgilangan bir qator vazifalar ijrosi tahlil qilindi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech