2022- yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston Respublikasida ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 2021- yilning mos davriga nisbatan 143,1 % ni va jamiga nisbatan 19,8 % ni tashkil etdi. Qolgan 80,2 % i kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri kelib, 2021- yilning mos davriga nisbatan 152,3 % ni tashkil etdi.