2022- yil yanvar-iyul oylarida yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 55 695 tani tashkil etgan bo‘lib, ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlandi:
- savdoda – 20 846 ta
- sanoatda – 10 238 ta
- qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 8 324 ta
- yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda – 3 501 ta
- qurilishda – 2 941 ta
- tashish va saqlashda – 1 811 ta
- axborot va aloqada – 1 514 ta
- sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda – 936 ta
- boshqa sohalarda – 5 584 tani tashkil etgan.