18/08/2022

Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning 1-avgust xolatiga viloyatimizda jami faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari soni (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 5 266 tani tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich 2021- yilning mos davriga nisbatan 12,5 foizga oshgan. Shuningdek faoliyat ko‘rsatayotgan jami korxonalarning (39 908 ta)  13,2 foiz ulushi sanoat korxonalariga to‘g‘ri kelib, shundan kichik biznes subyektlariga tegishli soni 5 222 tani tashkil etdi.

Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalari soni quyidagicha joylashdi:

Qarshi shahri – 944 ta

Kitob tumani – 567 ta

Yakkabog‘ tumani – 458 ta

Qarshi tumani –366 ta

Shahrisabz shahri – 358 ta

Gʻuzor tumani – 336 ta

Chiroqchi tumani – 320 ta

Qamashi tumani – 313 ta

Koson tumani – 286 ta

Shahrisabz tumani – 279 ta

Kasbi tumani – 238 ta

Mirishkor tumani – 203 ta

Nishon tumani – 170 ta

Ko‘kdala tumani –   151 ta

Dehqonobod tumani –  148 ta

Muborak tumani – 129 ta

Tugmani bosing Tinglash GSpeech