18/08/2022

Joriy yilning 18- avgust kuni Yashirin iqtisodiyotni statistik baholashni muvofiqlashtirish bo‘limi bosh mutaxassisi Mahbuba Ganiyevaning 2022- yilning 8–12- avgust kunlari Vena shahrida (Avstriya) Xalqaro valyuta jamgʻarmasi va Birlashgan Vena instituti tomonidan tashkil etilgan “Institutsional sektorlar hisoblari” mavzusida o‘tkazilgan seminardagi ishtiroki natijalari bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi.

M.Ganiyeva yig‘ilganlarni seminardan olingan bilimlar, institutsional sektorlar hisoblari va balanslarini tuzish, institutsional birliklar va sektorlar, nomoliyaviy aktivlar zaxiralari va oqimlari, moliyaviy aktivlar va majburiyatlar kabi tushunchalar va ta’riflar bilan tanishtirdi.

Shuningdek, taqdimot jarayonida M.Ganiyeva tomonidan boshqa davlatlarning institutsional sektorlar hisoblari va balanslarini tuzish amaliyoti boʻyicha ma’lumotlar ham berildi.

Matbuot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech