2022- yilning 15- avgust kuni Davlat statistika qo‘mitasida Tojikiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi huzuridagi Statistika agentligi delegatsiyasi ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Ikki davlat statistika idoralari o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish, hamkorlik aloqalarini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan tadbirda Davlat statistika qo‘mitasi rahbariyati hamda Tojikiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi huzuridagi Statistika agentligi vakillari uy xo‘jaliklari budjet tadqiqotlari masalalarida o‘zaro fikr-mulohaza almashishdi.
Delegatsiya a’zolariga Jahon bankining moliyaviy ko‘magi asosida “Uy xo‘jaliklari budjetini o‘rganish va kambag‘allik monitoringini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida hamda ma’lumotlarni to‘plash dasturini yangilash, statistik ma’lumotlardan keng foydalanish va o‘zaro tajriba almashish bo‘yicha ma’lumotlar berildi.
Rejaga ko‘ra, ikki davlat statistika idoralari vakillari o‘rtasidagi ushrashuvlar shu yilning 19-avgust kunigacha davom etadi.
Matbuot xizmati