15/08/2022

2022- yilning 1- avgust holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari soni (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 35 026 tani tashkil qilib, shundan xususiy korxonalar soni 10 395 tani tashkil qildi (ulushi 29,7 %). Shunda xususiy korxonalar sonining eng yuqori ko‘rsatkichlari quyidagi hududlarda qayd etilgan:

Qarshi shahri – 1 572 ta

Kitob tumani – 1 162 ta

Dehqonobod tumani – 1 054 ta

Shahrisabz shahri –  925 ta

Qarshi tumani – 760 ta

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa xususiy korxonalar quyidagicha taqsimlangan:

savdoda – 4 242 ta

sanoatda – 1 611 ta

qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 1 208 ta

qurilishda – 1 005 ta

yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda – 765 ta

Tugmani bosing Tinglash GSpeech