05/01/2022

     O‘zbekiston Respublikasida 2021- yilning yanvar-noyabr oylarida 63276.8 mln. kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi 5222.2 mln. kVt soatga oshgan holda, o‘sish sur'ati 109,0 foizni tashkil etgan.

     Jami elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan respublika miqyosida ishlab chiqarilgan elektr energiyasining jami hajmida Toshkent viloyati 23,0 %, Sirdaryo viloyati 22,7 %, Qashqadaryo viloyati 19,0 % hamda Navoiy viloyati 15.8 % ulushga ega.

Matbuot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech