24/12/2021

2020- yil 1-iyun kuni Prezidentimiz boshchiligida milliy statistika sohasini takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda kadrlarmasalasiga alohida to‘xtalib, statistika tizimining barcha mutaxassis kadrlarini o‘qitish, malakasini oshirish yuzasidan topshiriqlar berilgan edi.

metodologiya_241221_ici1

metodologiya_241221_ici2

Shundan kelib chiqib, Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan belgilangan aniq reja asosida, qo‘mita markaziy apparati va hududiy statistika idoralari xodimlarini tizimli o‘qitish bo‘yicha dastur ishlab chiqilib, tasdiqlandi.

Mazkur grafika sosida joriy yilning iyun-iyul oylarida tizim xodimlarining malakasini oshirish hamda sohaga doir bilim va salohiyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan onlayn seminarlar tashkil etilgan edi.

2021- yilning 24- dekabr kuni Davlat statistika qo‘mitasi Yig`ma-axborot ishlari hamda Statistika ishlarini tashkil etish va metodologiya boshqarmasi tomonidan hududiy statistika boshqarmalari xodimlari malakasini oshirishga qaratilgan onlayn vebinar tashkil etildi.

metodologiya_241221_ici3

metodologiya_241221_ici4

Tadbirda 2020-2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirishning milliy strategiyasini amaliyotga joriy qilish, foydalanuvchilarni statistik ma'lumotlar bilan yuqori darajada ta'minlash borasida fikr-mulohazalar almashildi.

Tadbirda statistika ishlarini tashkil etish va metodologiya sohasidagi mavjud muammo va kamchiliklar muhokama va tahlil qilingan holda tizimni rivojlantirish bo‘yicha fikr-mulohaza almashildi.

Vebinar so‘nggida, sohadagi yutuq va kamchiliklar muhokama qilinib, hududiy statistika boshqarmalarning xodimlariga qo‘mita mutaxassislari tomonidan amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan taklif va tavsiyalar berildi.

Matbuot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech