24/12/2021

Joriy yilning 24- dekabr kuni Davlat statistika qoʻmitasida davlat tili va maʼnaviy ishlar boʻyicha masʼul xodimlar uchun videokonferensiya tashkil etildi.

Unda Davlat statistika qoʻmitasi raisining Ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Ahmedov Qiyomxon Elyosxonovich davlat tili va maʼnaviy ishlar boʻyicha batafsil to‘xtalib o‘tdi.

til_-ichi_241221

Onlayn seminarda hududiy statistika boshqarmalarining davlat tili boʻyicha va maʼnaviy ishlar boʻyicha masʼul xodimlariga maʼnaviy ishlar samaradorligini oshirish, bu bo‘yicha tegishli qonunchilik hujjatlari, o‘tkazilayotgan tadbirlar hamda bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar haqida atroflicha so‘z yuritdi.

Shunungdek, tizimda rasmiy hujjatlar bilan ishlashda davlat tili talablariga muvofiqlashtirish hamda maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha amalga oshirilgan tadbirlar yuzasidan ijobiy oʻzgarishlar, yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklar, kelgusidagi eng ustuvor vazifalar va yoʻnalishlar borasida hududiy statistika boshqarmalari xodimlari bilan fikr almashildi.  

til_ichi_241221

Tadbir qatnashchilari tomonidan sohaga oid mavjud muammo va kamchiliklarni muhokama qilgan holda, kelgusida tizimni rivojlantirish boʻyicha masʼul xodimlar ishida muhim ahamiyat kasb etuvchi taklif va tavsiyalar berildi.

Matbuot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech