Yangi yil arafasida, Davlat statistika qo‘mitasi jamoasi tomonidan turli tadbirlar tashkil etilib, statistika tizimida uzoq yillar faoliyat yuritib, nafaqaga chiqgan yolg’iz keksalar holidan xabar olinmoqda.
Davlat statistika qo‘mitasi jamoasi tomonidan bayram munosabati bilan uzoq yillar statistika tizimida faoliyat yuritgan mehnat faxriylarining holidan xabar olinib, ular bayram bilan tabriklanmoqda. Shuningdek, ularga oziq-ovqat va boshqa kerakli mahsulotlar yetkazib berilmoqda.
Bunday savobli amallar orqali qariyalarga ma’naviy-ruhiy ko’mak berish, ularni yolg’iz qoldirmaslik va ko’p yillik mehnatlari uchun minnatdorlik izhor qilish ko’zda tutilgan.
Keksalar qo‘mita tomonidan doimiy ravishda ko‘rsatilayotgan bu kabi ma’naviy-moddiy ko‘mak uchun minnatdorlik bildirdi.
Matbuot xizmati