Joriy yilning 21- dekabr kuni Koson tumani statistika bo‘limi xodimlari va tumandagi “Mash’al” mahalla fuqarolar yig‘ini xodimlari ishtirokida “Aholini ro‘yxatga olishning ahamiyati” mavzusida seminar o‘tkazildi.
Seminarda, Koson tumani statistika bo‘limi xodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasininig 2020- yil 11- noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirilari to‘g‘risida”gi 710- son qarori ijrosi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot berildi.
Qolaversa aholini ro‘yxatga olishning tashkiliy va metodik tamoyillari, dasturiy-texnik ta’minoti va ma’lumotlarni qayta ishlashning texnologik jarayonlarini sinovdan o‘tkazish bo‘yicha so‘z yuritildi.
Ko‘pchilik insonlar aholini ro‘yxatga olish amaliyotini statistik maʼlumotlar to‘plash tadbirlarining bir ko‘rinishi, deb tushunadi.
Ammo bu shunchaki statistika emas, balki mamlakat aholisining maʼlum bir vaqtdagi fotosuratini ko‘rish imkoniyatini beradigan yirik miqyosdagi tadbir hisoblanadi.
Mazkur davlat darajasidagi keng ko‘lamli, ko‘p vaqt va mablag‘ talab etadigan tadbirni o‘tkazish uchun xalqaro talablarga muvofiq 2-3 yil davomida tayyorgarlik ishlarini olib borish talab etiladi.
Ushbu amaliyot mustaqillik yillarida respublikamizda ilk bor o‘tkazilayotganini inobatga olib, uni tashkil etishga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida joylarga chiqilib targ‘ibot-tashviqot ishlari va davra suhbatlari, seminarlar o‘tkazilib kelinmoqda.
Matbuot xizmati