Aholini ro‘yxatga olish tadbiri keng qamrovli va xalqaro tashkilotlar kuzatuvchilarining diqqat markazida bo‘lib turganligini inobatga olgan holda, joylardagi tegishli tashkilotlar bilan birgalikda belgilangan vazifalarni sifatli bajarish lozimligi haqida tushuntirishlar berib o‘tildi.
Xususan, Dehqonobod tuman statistika bo‘limi xodimlari va tuman mahalla fuqarolar yig‘inlari faollari ishtirokida seminar tashkil qilindi.
Seminarda, har bir aholi punktining xaritasi va sxematik rejasi, undagi uy va xonadonlarning to‘liq aks ettirilishi, mahalladagi uy xo‘jaligi va aholi soni to‘g’risidagi ma’lumotlarning doimiy ravishda yangilanib borishi muhimligini ta’kidlandi.
Maskur jarayon uch bosqichda amalga oshiriladi.
Birinchisi, tayyorgarlik bosqichi bo‘lib, uch yilga yaqin vaqt davom etadi. Ikkinchisi, asosiy bosqich bo‘lib, bunda bevosita aholini ro‘yxatga olish amalga oshiriladi, yaʼni aholi to‘g‘risidagi maʼlumotlar yig‘iladi, nazorat tekshiruvi o‘tkaziladi va aholini ro‘yxatga olish materiallari topshiriladi.
Bu taxminan ikki oy muddatni tashkil etadi. So‘nggi bosqich qariyb uch yil davom etib, olingan maʼlumotlar kodlashtirish yordamida tahlil qilinib, natijalar eʼlon qilinadi.
Shuningdek, seminar qatnashchilari аholini ro‘yxatga olish varag’i shakllari bilan tanishtirildi va ularni to‘ldirish yo‘riqnomasi bo‘yicha amaliy tushuntirishlar berildi.
Matbuot xizmati