Joriy yilning 26-noyabr kuni Qashqadaryo viloyat statistika boshqarmasida “Korrupsiya rivojlanishimizga to‘siq” mavzusida ma’naviyat soati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari S.Safarov so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muxitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6257-sonli Farmonida mamlakat rivojlanishining bugunki bosqichida korrupsiya O‘zbekiston davlati va jamiyati taraqqiyoti uchun eng jiddiy xavf xatarlardan biri ekanligini qayd etdi.
Shuningdek, Boshqarma bosh yuriskonsulti M. Sharipov yuqorida qayt etilgan “Korrupsiya rivojlanishimizga to‘siq” mavzusida ma’ruza qilib, Korrupsiya jamiyatda adolatsizlik, tengsizlik va aholini noroziligiga olib keladi, bu esa barcha sohadagi islohotlarning natijasiga salbiy ta’sir etmasdan qolmaydi. Ayni paytda fuqarolarimizda huquqiy ong va huquqiy madaniyat yetarli darajada emasligi, o‘z haq huququni ximoya qilaolmasligi jamiyatda adolat mezonining buzilishi uchun zamin yaratadi hamda korrupsiya holatlarini ko‘paytiradi. Shu sababli unga qarshi kurashish dunyo miqiyosida bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri bo‘lib qolmoqda.
Xodimlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining yuqorida qayd etilgan qonun va normativ huquqiy xujjatlar bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan onlayn tarzda murojaat qilishlari mumkinligi bildirildi.
Xulosa o‘rnida, Konstitusiya va qonun ustuvorligini ta’minlash hamda qonun xujjatlarining talablariga rioya qilinishi bo‘yicha shuningdek, qonunlar, normativ,-xuquqiy xujjatlarni amalda tadbiq etilishi bo‘yicha yakuniy fikr va mulohazalar bildirildi.
Matbuot xizmati