24/11/2021

     Jenevada BMT YIKning statistika qonunchiligini modernizatsiya qilish bo‘yicha ekspertlar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

     Ushbu yig‘ilish BMT YIK statistik qonunchilikni modernizatsiya qilish bo‘yicha ekspertlarning ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib, uchrashuvning maqsadli auditoriyasi rasmiy statistikaning huquqiy asoslarini mustahkamlashdan manfaatdor bo‘lgan milliy statistika idoralari va xalqaro tashkilotlar ekspertlari hisoblanadi.

     Ekspertlar yig‘ilishi Buyuk Britaniya, shuningdek, Albaniya, Armaniston, Latviya, Polsha, Yevrostat, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD), Birlashgan Millatlar Tashkilotining Statistika bo‘limi (UNSD) va Birlashgan Millatlar Tashkilotidan iborat qo‘mita tomonidan tashkillashtirildi va Yevropa Iqtisodiy Komissiyasi (UNECE) va Yevropa Erkin Savdo Assotsiatsiyasi (EFTA) tomonidan qo'llab-quvvatlandi.

     Buyuk Britaniya raisligida oʻtgan birinchi kunda ekspertlar “Maxfiy ma’lumotlarga kirish imkoniyati” masalalarini muhokama qildilar (Buyuk Britaniya, Niderlandiya va Australia tajribalari asosida). Shuningdek, "Ma’lumotlar etikasi" (Buyuk Britaniya Kanada, Meksika tajribalari) bo’yicha taqdimotlar tinglandi. Sessiyada xususiy maʼlumotlardan foydalanishning turli jihatlari, xoriy tajribalarini oʻrganish va xalqaro maʼlumotlar almashinuvi imkoniyatlarini oʻrganildi.

      Yevrostat va BMT Statistika bo‘limi raisligida o‘tkazilgan ikkinchi kunda “Ma’lumotlarni boshqarish va qonunchilik nuqtai nazaridan nazorat qilish” masalalari ko‘rib chiqildi (Mo‘g‘uliston, Yangi Zelandiya tajribasi asosida), Nyu-York universiteti boshqaruv laboratoriyalari, Amerikalararo taraqqiyot banki, Yevropa Komissiyasining tarmoqlar, kontent va texnologiyalar bo‘yicha Bosh direktorati ma’ruzalari tinglandi. Shuningdek, “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi Model qonunni amalga oshirish” mavzusida sessiya tashkil etildi (Argentina, Armaniston va Oʻzbekiston tajribasi taqdim etildi).

     Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasidan Statistika ishlarini tashkil etish va metodologiya boshqarmasi boshlig‘i Dilshod Zakirov “O‘zbekistonda “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi model qonunning qo‘llanilishi” mavzusida ma’ruza qildi.

Matbuot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech