23/11/2021

     2021- yilning yanvar - sentabr oylarida Respublikada 22,8 ming tonna pilla yetishtirilgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich 2020 yilning mos davriga nisbatan 108,8 % ni tashkil qildi.

     Pilla yetishtirishning yuqori hajmlari 14,0 ming tonna yoki umumiy yetishtirish hajmidan 61,6 % i fermer xo‘jaliklarida qayd etildi.

     Joriy davrda o‘tgan yilning mos davriga nisbatan fermer xo‘jaliklarida 3,5 % ga va qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda 18,4 % ga o‘sish kuzatildi.

Matbuot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech