2021- yilning yanvar - sentabr oylarida Respublikada 7 803,8 ming tonna sabzavotlar yetishtirilgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich 2020 yilning mos davriga nisbatan 103,3 %ni tashkil qildi.
Sabzavot yetishtirishning yuqori hajmlari 5 693,3 ming tonna yoki umumiy ishlab chiqarish hajmidan 72,9% i dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklarida qayd etildi, aksincha kam hajm 145,9 ming tonna (1,9%) qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda kuzatildi.
Joriy davrda o‘tgan yilning mos davriga nisbatan fermer xo‘jaliklarida 7,1 %, dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklarida 1,5 % qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda 30,5 % o‘sish kuzatildi.
Matbuot xizmati