O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi 710- son qaroriga muvofiq, aholini sinov tariqasida ro‘yxatga olish tadbiri 2021- yil 1–25- noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Mazkur tadbirlarni samarali o‘tkazish maqsadida, aholini sinov tariqasida ro‘yxatga oluvchi shaxslarni o‘qitish var ro‘yxatga olish jarayonlariga tayyorlash ishlari boshlandi.
Xususan, joriy yilning 4 oktabridan boshlab, sinov hududlarida shartnoma asosida ishga jalb qilinadigan shaxslar (ro‘yxatga olish uchastka boshlig‘i va uning o‘rinbosari, instruktor, statsionar ro‘yxatga oluvchi va ro‘yxatga oluvchi)larni maxsus dastur asosida o‘qitish va amaliy ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha o‘quv-amaliy seminarlar boshlandi.
Mazkur o’quv-amaliy seminarlar Davlat statistikasi qo‘mitasi, hududiy statistika organlari mutaxassislari hamda tuman va shahar aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishga ko‘maklashish bo‘yicha hududiy komissiya a’zolari tomonidan tashkil etilmoqda.
Seminarlarda ro‘yxatga oluvchilarga mahallalarning sxematik xaritalari asosida uy-joylar ro‘yxatidan foydalanish, so‘rovnoma blankalarini to‘g‘ri to‘ldirish, respondentlar bilan muloqat qilish, to‘ldirilgan blankalarni saqlanishi va topshirilishi yuzasidan amaliy ko‘rsatmalar berilmoqda.
Xususan, Toshkent shahar Yashnobod tumanida tashkil etilgan o‘quv semenarida MDH statistika qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i I.A.Zbarskaya, BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) Xalqaro eksperti G.V.Sherbakova ham qatnashib o‘zlarining maslahat va ko‘rsatmalarini berishdi.
Seminarlar oktabr oyi davomida reja grafik asosida o‘tkaziladi.
Matbuot xizmati