Qashqadaryo viloyati statistika jamoasi yurtimizdagi barcha ustoz va murabbiylarlarni 1- oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy muborakbod etadi.
Yosh avlodni ona Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalab, hayot sabog‘ini berayotgan jonkuyar, fidoyi ustozlarga sihat-salomatlik, sharafli va mas'uliyatli faoliyatida kuch-quvvat, metin iroda va ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Statistika tizimida uzoq yillar faoliyat yuritib, yosh kadrlarga kasb sir-asrorlarini astoydil o‘rgatgan faxriy xodimlarni ham bayram bilan qutlaymiz.
Aziz ustozlar bayramingiz qutlug‘ bo‘lsin!
Matbuot xizmati