24/09/2021

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi 710- sonli qarori yuzasidan joylarda davra suhbatlari o‘tkazilmoqda.

Jumladan,   Joriy yilning  24- sentabr kuni kuni Nishon tuman statistika bo‘limi xodimlari tomonidan tumandagi 1- umumta’lim maktabida bo‘lib, o‘quvchi va yoshlarga Respublikamizda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni samarali o‘tkazish yuzasidan shakllantirilgan sxematik xarita o‘rganish ishlari bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi. Bunda fuqarolarga aholini ro‘yxatga olish tartibi, tarixi, normativ-huquqiy xujjatlar, aholini ro‘yxatga olish bosqichlari, aholini ro‘yxatga olishdan keyin kutilayotgan natijalar to‘g‘risida tushunchalar  berildi. Suhbat davomida barcha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar olishdi.

                                                                                             Matbuot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech