24/09/2021

O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish jarayonlari yuzasidan bir qator profilaktik ishlari olib borilmoqda.

Jumladan, shu yilning 24- sentabr kuni Qamashi tuman statistika bo‘limi mutaxassislari tomonidan tumandagi 55- umum ta’lim maktabida bo‘lib Respublikamizda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni samarali o‘tkazish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi. Xususan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi 710- sonli qarori mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirib o‘tildi. Suhbat davomida fuqarolarga aholini ro‘yxatga olish tadbiri samarali o‘tishida xar bir fuqaro mas’ul ekanligi ta’kidlab o‘tildi.

     Matbuot xizmati 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech