Joriy yilning 17- sentabr kuni Qashqadaryo viloyat statistika boshqarmasi mutaxassislari Qarshi shahridagi “Qavali” mahallasida bo‘lib “Aholini ro‘yxatga olish jarayonlari yuzasidan sxematik xarita o‘rganish ishlari bo‘yicha targ‘ibot ishlarini olib borishdi.
Bunda aholiga Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710- son qarori ijrosi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar berildi. Shuningdek, aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish bo‘yicha xorijiy davlatlar tajribalari hamda shu kunga qadar bajarilgan ishlar va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar to‘grisida batafsil ma’lumot berib o‘tildi.
Matbuot xizmati