O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi 710- sonli qarori bo‘yicha aholini ro‘yxatga olish 2023 yil 1- 25 noyabr kunlari o‘tkaziladi.
Qaror yuzasidan 17- sentabr kuni Mirishkor tumani statistika bo‘limi xodimlari va tuman kadastr bo‘limi xodimlari ishtirokida shakllantirilgan sxematik xarita o‘rganish ishlari bo‘yicha targ‘ibot ishlari bo‘lib o‘tdi. Suhbat davomida O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yhatga olishga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha tushunchalar berib o‘tildi va barcha fuqarolar faol ishtirok etishlari tushuntirildi. Suhbat savol-javob tarzida o‘tkazildi. Barcha o‘zini qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar olishdi.
Matbuot xizmati