16/09/2021

Aholini ro‘yxatga olish tadbiri keng qamrovli va xalqaro tashkilotlar kuzatuvchilarining diqqat markazida bo‘lib turganligini inobatga olgan holda, joylardagi tegishli tashkilotlar bilan birgalikda belgilangan vazifalarni sifatli bajarish lozimligi haqida tushuntirishlar berib o‘tildi.

Xususan, Shahrisabz tuman statistika bo‘limi xodimlari va tumandagi Polmon MFY xodimlari ishtirokida seminar tashkil qilindi. Seminarda, har bir aholi punktining xaritasi va sxematik rejasi, undagi uy va xonadonlarning to‘liq aks ettirilishi, mahalladagi uy xo‘jaligi  va aholi soni to‘g’risidagi ma’lumotlarning doimiy ravishda yangilanib borishi muhimligini ta’kidladi. Shuningdek, seminar qatnashchilari аholini ro‘yxatga olish varag’i shakllari bilan tanishtirildi va ularni to‘ldirish yo‘riqnomasi bo‘yicha amaliy tushuntirishlar berildi.       

Matbuot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech