10/09/2021

Joriy yilning 10 sentabr kuni Qashqadaryo viloyat statistika boshqarmasi “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish” bo‘limi xodimlari tomonidan Qarshi Muhandislik Iqtisodiyot Instituti axborot rusurslari markazida seminar tashkil qilindi. 

Davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  “O‘zbekiston Respublikasida 2023 yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘ni o‘tkazish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-son Qarori ijrosini samarali taʼminlash maqsadida joylarda targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borilishi, xamda aholini xabardor qilib borish aytib o‘tildi. Seminar qatnashuvchilarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan javob berildi.

Matbuot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech