Jumladan, Joriy yilning 24- avgust kuni Nishon tuman statistika bo‘limi xodimlari tomonidan tumandagi “Kimyogar” mahallasida bo‘lib Respublikamizda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni samarali o‘tkazish yuzasidan shakllantirilgan sxematik xarita o‘rganish ishlari bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi. Bunda fuqarolarga aholini ro‘yxatga olish tartibi, tarixi, normativ-huquqiy xujjatlar, aholini ro‘yxatga olish bosqichlari, aholini ro‘yxatga olishdan keyin kutilayotgan natijalar to‘g‘risida tushunchalar berildi. Suhbat davomida barcha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar olishdi.
Matbuot xizmati