Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil yanvar–iyun oylarida viloyatdan 70 867,5 tonna meva eksport qilindi. Eksportning umumiy qiymati 28 176,5 ming AQSH dollarini tashkil etdi.
2025-yilning mos davrida esa 75 926,3 tonna meva eksport qilinib, uning qiymati 21 308,4 ming AQSH dollariga teng bo‘lgan.
Natijada meva eksporti qiymati bir yil davomida qariyb 6,9 mln AQSH dollariga oshdi.
Bu ko‘rsatkich Qashqadaryo meva mahsulotlarining tashqi bozorlardagi iqtisodiy salohiyati ortib borayotganini ko‘rsatadi.




