Jumladan, Joriy yilning 23- avgust kuni Qarshi shahar statistika bo‘limi xodimlari tomonidan Qarshi shahar hokimligi majlislar zalida tadbirkorlar ishtirokida shakllantirilgan xarita o‘rganish ishlari bo‘yicha targ‘ibot ishlarini olib borildi. Targ‘ibot ishlarini o‘tkazish davomida tadbirkorlarga aholini ro‘yxatga olish tartibi, tarixi, normativ-huquqiy xujjatlar, aholini ro‘yxatga olish bosqichlari, aholini ro‘yxatga olishdan keyin kutilayotgan natijalar to‘g‘risida tushunchalar berildi. Barcha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar olishdi.
Matbuot xizmati