2021- yilning yanvar - iyun oylarida 211,9 ming tonna poliz ekinlari yetishtirilgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich 2020- yilning mos davriga nisbatan 103,3 %ni tashkil qildi.
Joriy davrda yetishtirilgan poliz ekinlari umumiy hajmini boshqa toifadagi xo‘jaliklar bilan taqqoslaganda yuqori ko‘rsatkichlar – 133,3 ming tonna yoki umumiy yetishtirish hajmining 62,9 % i dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklarida qayd etildi.
Yetishtirish hajmi bo‘yicha o‘tgan yilga nisbatan, fermer xo‘jaliklarida 4,6 %, dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklarida 3,4 % o‘sish kuzatildi.
Respublika bo‘yicha yetishtirilgan poliz ekinlari umumiy hajmining eng yuqori ulushi Surxondaryo viloyati (27,3 %), Qashqadaryo (15,9 %), Buxoro (9,4 %) hamda Andijon (9,1 %) viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keldi.
Matbuot xizmati