Jumladan, shu yilning 10- avgust kuni Yakkabog‘ tuman statistika bo‘limi mutaxassislari tomonidan tumandagi “Yoshlik” mahalla faollariga Respublikamizda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni samarali o‘tkazish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi. Xususan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11-noyabrdagi 710-sonli qarori mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirib o‘tildi. Suhbat davomida fuqarolarga aholini ro‘yxatga olish tadbiri samarali o‘tishida xar bir fuqaro mas’ul ekanligi ta’kidlab o‘tildi.
Matbuot xizmati