30/07/2021

 

Davlat statistika qo‘mitasining ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning  yanvar - iyun oylarida asosiy kapitalga investitsiyalarning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tarkibida qayta ishlash sanoati yetakchilik qilmoqda. Ushbu iqtisodiy faoliyat turida jami moliyalashtirish manbalari hisobidan 31 240,5 mlrd. so‘m yoki jami asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning 30,3 % i o‘zlashtirilgan. Uning tarkibida eng ko‘p investitsiyalar o‘zlashtirilgan 3 ta faoliyat turlari quyidagilar:

-  to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish – 3 914,4 mlrd. so‘m (9,0 %);

- boshqa nometall mineral mahsulotlari ishlab chiqarish –  3 878,3 mlrd. so‘m (jami asosiy kapitalga investitsiyalardagi ulushi 8,9 %);

- metallurgiya sanoati – 3 700,6 mlrd. so‘m (8,5 %).

Tog‘-kon sanoatida jami 10 043,7 mlrd.so‘m yoki respublika bo‘yicha jami investitsiyalar hajmining 13,6 % i o‘zlashtirilgan bo‘lib, uning tarkibida 4 635,6 mlrd. so‘mi xom neft va tabiiy gaz qazib chiqarish sohasiga tegishlidir.

Matbuot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech