Jumladan, Joriy yilning 28- iyul kuni Qarshi shahar statistika bo‘limi xodimlari tomonidan shahar hokimligining majlislar zalida, bank xodimlari hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar ishtirokida aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishning ahamiyati to‘g‘risida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Suhbat davomida aholini ro‘yxatga olish tartibi, tarixi, normativ-huquqiy xujjatlar, aholini ro‘yxatga olish bosqichlari, aholini ro‘yxatga olishdan keyin kutilayotgan natijalar to‘g‘risida tushunchalar berildi.
Barcha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar olishdi.
Matbuot xizmati