Jumladan, shu yilning 28- iyul kuni Kasbi tuman statistika bo‘limi mutaxassislari tumandagi 17- sonli oilaviy poliklinika xodimlariga Respublikamizda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni samarali o‘tkazish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.
Xususan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11-noyabrdagi 710-sonli qarori mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirib o‘tildi.
Suhbat davomida fuqarolarga aholini ro‘yxatga olish tadbiri samarali o‘tishida xar bir fuqaro mas’ul ekanligi ta’kidlab o‘tildi.
Matbuot xizmati