Jumladan, Joriy yilning 27- iyul kuni Nishon tuman statistika bo‘limi xodimlari tomonidan tumandagi “Navbahor” mahalla faollari ishtirokida aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishning ahamiyati to‘g‘risida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Suhbat davomida aholini ro‘yxatga olish tartibi, tarixi, normativ-huquqiy xujjatlar, aholini ro‘yxatga olish bosqichlari, aholini ro‘yxatga olishdan keyin kutilayotgan natijalar to‘g‘risida tushunchalar berildi. Suhbat davomida barcha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar olishdi.
Matbuot xizmati