01/07/2021

 

Joriy yilning 1- iyul kuni Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi  binosida "Aholini ro‘yxatga olishdan maqsad" mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda Viloyat statistika boshqarmasi hodimlari va jurnalist va blogerlar ishtirok etdilar.

Matbuot anjumanida Viloyat statistika boshqarmasi Aholini  ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi  tomonidan tuman mahallalarida shakllantirilgan xaritani o‘rganishda, amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berib o‘tildi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi 710- sonli qarori mazmun-mohiyati, aholini ro‘yxatga olish tartibi, tarixi, normativ-huquqiy xujjatlar, aholini ro‘yxatga olish bosqichlari, aholini ro‘yxatga olishdan keyin kutilayotgan natijalar to‘g‘risida tushunchalar  berildi. 

Anjuman qatnashchilari o‘zlari qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

Matbuot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech